locale OZ

«Komo» tarkibini braziliyalik himoyachilar bilan kuchaytirmoqchi

Jamoa Sesk Fabregas qo‘l ostida tarixda ilk bor YChLda qatnashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Komo» tarkibini braziliyalik himoyachilar bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Sesk Fabregas boshqaruvidagi Italiyaning «Komo» klubi yozgi transfer oynasida tarkibni jiddiy ravishda kuchaytirishni maqsad qilgan. Sababi, jamoa yangi mavsumda o‘z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etadi. Insider Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan xabariga ko‘ra, klub rahbariyati tarkibni shakllantirish uchun ikki nafar futbolchi nishonini belgilab olgan.

Fabregas jamoada braziliyalik himoyachilar duetini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Uning ro‘yxatidan «Kruzeyro» a’zosi Kayki hamda Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Yan Kouto o‘rin olgan. Transfer bozorida Kaykining bahosi 14 million yevro, Koutoning qiymati esa 17 million yevro etib belgilanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sesk Fabregas 2024 yilning 19 iyulida «Komo» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U klub bilan 2028 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan to‘rt yillik uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting