«Komo» Ronalduga shartnoma taklif qilmoqchi
Futbolchining katta maoshi ham klub egalariga muammo bo'lmaydi.
ФОТО: Getty images
Boykot fonida Krishtianu Ronalduning yozda "An-Nasr"ni tark etishi haqidagi xabarlar tarqaldi. The Sun nashri xabar berishicha, portugaliyalik 41 yoshli hujumchi A Seriyaga yo'l olishi mumkin.
Unga “Komo” qiziqmoqda. Klubning indoneziyalik milliarder egalari Ronalduga shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda. Futbolchining katta maoshi ham klub egalariga muammo bo'lmaydi.
Shuningdek, “Inter Mayami” ham unga qiziqmoqda. Devid Bekxemning shaxsan o'zi Krishtianuning transferi bo'yicha muzokara o'tkazishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu avvalroq A Seriyada "Yuventus" sharafini himoya qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist