locale OZ

“Komo” Moyze Kin uchun ikkinchi taklifni tayyorlamoqda

“Komo”ning dastlabki taklifi 30 million yevroni tashkil etgan.
“Komo” Moyze Kin uchun ikkinchi taklifni tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

Italiyaning “Komo” klubi “Fiorentina” hujumchisi Moyze Kinni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan qaytmagan. Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Sesk Fabregas jamoasi 26 yoshli futbolchi uchun ikkinchi taklifni tayyorlamoqda.

“Komo”ning dastlabki taklifi 30 million yevroni tashkil etgan. Shundan 5 million yevro ijara uchun, qolgan 25 million yevro esa keyinchalik majburiy sotib olish sharti asosida to‘lanishi ko‘zda tutilgan edi.

“Fiorentina” bu taklifni rad etdi, biroq muzokaralar to‘xtamagan. “Komo” yaqin vaqt ichida yaxshilangan shartlar bilan yana murojaat qilishi kutilmoqda. Hozircha yangi taklifning aniq summasi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Kin 2026/27-yilgi mavsumda Italiya kubogida bitta uchrashuv o‘tkazib, gol urishga ulgurgan. Uning “Fiorentina” bilan shartnomasi 2029-yil 30-iyunga qadar amal qiladi, Transfermarkt esa futbolchining bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting