locale OZ

«Komo» Kin transferi uchun 40 mln yevro taklif qiladi

Avvalroq "Fiorentina" 26 yoshli futbolchi uchun tushgan taklifni rad etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Como" Kin transferi uchun 40 mln yevro taklif qiladi
ФОТО: Getty images

"Komo" klubi "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kinni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Avvalroq "Fiorentina" 26 yoshli futbolchi uchun tushgan taklifni rad etgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Komo" yaqin vaqt ichida Kin uchun taxminan 40 million yevro taklif qiladi. Jamoa bosh murabbiyi Sesk Fabregas florentsiyaliklar hujumchisini transfer oynasidagi ustuvor maqsad sifatida belgilab olgan.

Transfermarkt portali Moyze Kinning bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda. Italiyalik futbolchi "Fiorentina" safida hozirgacha 78 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting