locale OZ

“Komo” himoyachisini “Sassuolo”ga ijaraga berdi

24 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha yangi jamoasi safida to‘p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Komo” himoyachisini “Sassuolo”ga ijaraga berdi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Komo” klubi himoyachi Ignas van der Bremptni “Sassuolo”ga ijaraga berdi. 24 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha yangi jamoasi safida to‘p suradi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga futbolchini ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda to‘liq sotib olish imkoniyati ham kiritilgan. Shu tariqa, van der Brempt mavsumning qolgan qismini “Sassuolo” safida o‘tkazadi.

Belgiyalik himoyachi o‘tgan mavsum A Seriyada “Komo” safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan va ikkita sariq kartochka olgan.

Ma’lumot uchun, “Sassuolo” ayni paytda A Seriya turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting