locale OZ

«Komo» Gonsalo Garciyaga qiziqish bildirmoqda

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
«Komo» Gonsalo Garciyaga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garciya faoliyatini "Komo"da davom ettirishi mumkin. Italiyaning ushbu klubi 22 yoshli hujumchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Komo" Garciyani yarim himoyachi Niko Pas singari, ya'ni "qaymoqranglilar" uni arzon narxda qaytarib sotib olish huquqiga ega bo'ladigan tarzda sotib olishi mumkin. Shuningdek, hujumchi uning samaradorligiga bog'liq sotib olish opsiyasi bilan Italiya klubi tomonidan ijaraga olinishi ham mumkin.

O'tgan mavsumda Garciya barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting