locale OZ

«Komo» Delap bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Delap yaqin ikki hafta ichida “Chelsea”ni tark etishi mumkin.
“Como” Delap bo‘yicha muzokaralarni boshladi
ФОТО: Getty images

“Komo” klubi “Chelsi” hujumchisi Liam Delapni tarkibiga qo‘shib olish uchun dastlabki qadamni tashladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli ingliz futbolchisi “Komo”ning markaziy hujumchi pozitsiyasi uchun tuzilgan qisqa ro‘yxatidan o‘rin olgan. Italiyaliklar Delapni jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

“Komo” va “Chelsi” o‘rtasidagi munosabatlar ham juda yaxshi darajada. Bunga joriy transfer oynasida himoyachi Trevo Chalobaning London klubidan “Komo”ga o‘tishi ham sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Delap yaqin ikki hafta ichida “Chelsi”ni tark etishi mumkin.

Liam Delap o‘tgan yozda “Ipsvich”dan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting