\"Komo\" De Bryuyne transferidan voz kechdi
Photo: Getty Images
“Manchester City” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Italiya jamoasi “Komo”ga o'tmaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “Komo” belgiyalik 33 yoshli futbolchi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan. Ular De Bryuyne talablarini bajara olmasligini ma'lum qilgan.
Futbolchi xizmatiga “Chelsea” va “Aston Villa” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. MLS vakili “Chicago Fire” ham u bo'yicha futbolchining vakillariga aloqaga chiqqan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum yakunlanganidan so'ng 33 yoshli futbolchi «Manchester City»ni erkin agent sifatida tark etadi. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning transfer narxi 27 million yevroga teng.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist