\"Komo\" \"Chelsi\" himoyachisi uchun 25,5 million yevro taklif qildi
Italiyaning "Komo" klubi Londonning "Chelsi" jamoasi himoyachisi Trevo Chaloba transferi uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda transferlar bo‘yicha ekspert Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, "Komo" 27 yoshli futbolchi uchun 25,5 million yevro (22 million yevro + bonuslar) taklif qilgan. Biroq "Chelsi" ushbu taklifni yetarli deb hisoblamayapti va himoyachini kamida 30 million yevroga sotishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Trevo Chaloba "Komo"ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Transfer amalga oshishida klub bosh murabbiyi Sesk Fabregasning ishtiroki muhim omillardan biri bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Agar "Komo" moliyaviy taklifini yaxshilasa yoki "Chelsi" o‘z talablarini yumshatsa, transfer yaqin kunlarda yakunlanishi mumkin.