«Komo» Chalobaga qiziqish bildirmoqda
Biroq muzokaralar nihoyasiga yetmagan.
ФОТО: Getty images
«Chelsi» va Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Trevo Chaloba Italiyaning «Komo» klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, A Seriya vakili ushbu transfer oynasida 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq hozircha London klubi bilan muzokaralarda kelishuvga erishilmagan.
O‘z navbatida, «Chelsi» o‘z tarbiyalanuvchisini jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Chaloba yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol muallifiga aylandi.