“Komo” Chaloba uchun taklifini oshirmoqchi
Italiyaning “Komo” klubi “Chelsi” himoyachisi Trevo Chalobani qo‘lga kiritish niyatida jiddiy harakat qilmoqda.
Sky Sports xabariga ko‘ra, “Komo” London klubiga yaxshilangan taklif yuborishga tayyorlanmoqda.
Avvalroq italiyaliklar futbolchi uchun taxminan 25 mln yevro taklif qilgan, biroq “Chelsi” bu taklifni rad etgan edi. Endi esa gap 30 mln yevro va qo‘shimcha 5 mln yevro bonuslar haqida ketmoqda.
Chaloba uchun kurashda “Komo” yolg‘iz emas. Manbaga ko‘ra, himoyachiga Milanning “Inter” klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Trevo Chaloba o‘tgan klub mavsumida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 40 mln yevroga baholanmoqda.
Ayni vaqtda futbolchi Angliya terma jamoasi safida JCh-2026da ishtirok etmoqda.