locale OZ

«Komo» «Aston Villa»ning Baturina bo‘yicha taklifini rad etdi — SportVitness

Baturinaning “Como” bilan shartnomasi 2030 yil iyunigacha mo‘ljallangan.
«Komo» «Aston Villa»ning Baturina bo‘yicha taklifini rad etdi — SportVitness
ФОТО: Getty images

“Komo” Italiya klubi yarim himoyachisi Martin Baturina bo‘yicha “Aston Villa”ning taklifini rad etdi. Bu haqda SportVitness nashri xabar bermoqda.

Ingliz klubi xorvatiyalik futbolchi uchun 50 million yevrodan 55 million yevrogacha taklif qildi, biroq “Komo” vingerini 80 million yevroga baholamoqda. Yana bir nomi oshkor qilinmagan ingliz klubi ham futbolchi bo‘yicha taklif bilan chiqdi, ammo u ham rad etildi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining hozirgi bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. Ingliz klublaridan tashqari, yarim himoyachiga Myunxenning “Bavariya”si ham qiziqish bildirmoqda.

Baturinaning “Komo” bilan shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Italiya A Seriyasining 2025/2026 yilgi mavsumida u 29 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting