“Komo” Assane Diaoni 2031-yilgacha jamoada saqlab qolmoqchi
“Komo” 20 yoshli vinger Assane Diao bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi senegallik futbolchiga 2031-yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilmoqchi.
“Komo” yozgi transfer oynasida Diaoga bo‘lgan jiddiy qiziqishga qaramay, uni jamoada saqlab qoldi. Klub APLdan 40 million yevro atrofidagi transfer variantini, shuningdek, A Seriyaning boshqa jamoalaridan kelgan takliflarni rad etgan.
Klub rahbariyati yosh vingerni uzoq muddatli loyiha uchun muhim futbolchilardan biri sifatida ko‘rmoqda. Diaoning amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, “Komo” uni yana ikki yilga uzaytirishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Diao joriy mavsum A Seriyada 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.