locale OZ

Komiljon Tojiddinov — \"Metallurg\" futbolchisi!

Ma`lumot uchun, o‘tgan mavsumni 26 yoshli yarim himoyachi "Navbahor"da o‘tkazdi va 13 ta bahsda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Komiljon Tojiddinov — "Metallurg" futbolchisi!
photo: Metallurg FK

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, yarim himoyachi Komiljon Tojiddinov yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

Ma`lumot uchun, o‘tgan mavsumni 26 yoshli yarim himoyachi "Navbahor"da o‘tkazdi va 13 ta bahsda maydonga tushdi.

Tojiddinov futbolchilik faoliyati davomida "Navbahor-Farm", "Navbahor", "Katmandu Reyzrs" (Nepal) va "Yang Elefants" (Laos) klublari safida to‘p tepgan.

"Komiljon Tojiddinov yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.

Komiljon Tojiddinov
Tug‘ilgan sanasi: 19.08.1999
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Bo‘yi: 1.68
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Navbahor-Farm", "Navbahor", "Katmandu Reyzrs" (Nepal), "Yang Elefants" (Laos).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting