locale OZ

Komiljon Tojiddinov faoliyatini «Mash’al»da davom ettiradi

1999 yil 19 avgust kuni tug‘ilgan Komil Tojiddinov tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qiladi.
Komiljon Tojiddinov faoliyatini «Mash’al»da davom ettiradi
photo: Mash'al fk

«Mash’al» futbol klubi yarim himoyachi Komiljon Tojiddinov bilan shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

1999 yil 19 avgust kuni tug‘ilgan Komil Tojiddinov tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qiladi. Shuningdek, u markaziy hamda o‘ng yarim himoya chizig‘ida ham samarali o‘yin namoyish eta oladi.

Komil Tojiddinov o‘zining mehnatsevarligi, maydon markazidagi ishonchli harakatlari va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turadi. Uning tajribasi «Mash’al»ning mavsum davomidagi maqsadlariga erishishida muhim omillardan biri bo‘lishiga ishonamiz.

«Mash’al» futbol klubi Komil Tojiddinovni jamoamiz safiga qo‘shilgani bilan samimiy qutlaydi va unga muboraklik libosida muvaffaqiyatli o‘yinlar, yorqin g‘alabalar hamda omad tilaydi!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting