Koman — «An-Nasr» futbolchisi (Romano)
Photo: Getty Images
"Bavariya" yulduzi Kingsley Koman 30 mln yevro evaziga Saudiya Arabistoni jamoasi a'zosiga aylandi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 30 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining o‘zi yiliga 25 mln yevro atrofida maosh olishi ko‘zda tutilgan.
Fransiya terma jamoasi vingeri faoliyati mobaynida 30 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida YECHL, UEFA Superkubogi, Millatlar Ligasi, KJCH, shuningdek, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionati g‘olibligi bor.
29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum myunxenliklar libosida 45 o‘yinda "9+6" natijani ko‘rsatgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist