locale OZ

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi o‘z lavozimida qoladi

60 yoshli argentinalik mutaxassis 2022-yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi o‘z lavozimida qoladi
FOTO: Getty Images

Kolumbiya futbol federatsiyasi Jahon chempionatidan so‘ng bosh murabbiy Nestor Lorenso bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Federatsiya ijroiya qo‘mitasi mutaxassisning shartnomasini uzaytirganini rasman tasdiqladi.

60 yoshli argentinalik murabbiy 2022-yildan buyon Kolumbiya terma jamoasini boshqaribY kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatida ishonchli o‘yin namoyish etib, beshta uchrashuvda atigi bitta gol o‘tkazib yubordi.

Federatsiya Lorensoning ishidan mamnun ekanini bildirib, u bilan yangi siklda ham ishlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Shartnomaning aniq muddati esa hozircha oshkor etilmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting