locale OZ

Kolo Muani «Yuventus»ga qaytishi mumkin — Romano

Kolo Muanining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kolo Muani «Yuventus»ga qaytishi mumkin — Romano
ФОТО: Getty images

Randall Kolo Muani faoliyatini yana "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda mashhur transfer insayderi Fabrizio Romano xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Turin klubi 27 yoshli fransuz hujumchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Endi "Yuventus" futbolchining amaldagi klubi — "PSJ" bilan transfer yuzasidan muzokaralarni boshlagan.

Eslatib o'tamiz, Kolo Muani 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijaraga olingan holda "Yuventus" sharafini himoya qilgan. U o'shanda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'tgan mavsumda esa fransuz futbolchisi ijarada "Tottenxem" safida o'ynadi. U londonliklar tarkibida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kolo Muanining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting