locale OZ

Kolo Muani yana «Yuventus»ga qaytdi — Skira

Agar kelishuvning barcha shartlari bajarilsa, fransiyalik futbolchi 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.
Kolo Muani yana "Yuventus"ga qaytdi — Skira
ФОТО: Getty images

Fransiyalik hujumchi Randal Kolo Muani "PSJ" klubidan "Yuventus"ga ijaraga o‘tdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, turinliklar futbolchini ijaraga olish uchun 4 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, "Yuventus"da Kolo Muanini 34 million yevroga majburiy sotib olish sharti mavjud. Bundan tashqari, jamoa kelasi mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, yana 12 million yevro bonus to‘lanadi.

Agar kelishuvning barcha shartlari bajarilsa, fransiyalik futbolchi 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi 5 million yevro va bonuslardan iborat bo‘ladi.

Kolo Muani 2023 yilda Germaniyaning "Ayntraxt" klubidan 95 million yevro evaziga "PSJ"ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumni u ijarada Angliyaning "Tottenhem" jamoasida o‘tkazdi.

Futbolchi avval ham 2025 yil yanvaridan iyuligacha "Yuventus" safida to‘p surgan. U o‘sha davrda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting