locale OZ

Koke: «O‘yin yaqinlashgani sayin, xuddi oʻzing yoqtirgan qiz bilan birinchi uchrashuvga chiqqandek his qilasan»

«Atletiko» sardori «Arsenal»ga qarshi oʻyindan oldin oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Koke: «O‘yin yaqinlashgani sayin, xuddi oʻzing yoqtirgan qiz bilan birinchi uchrashuvga chiqqandek his qilasan»
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi sardori Koke Resurrekyon Chempionlar Ligasi yarimfinali oldidan o‘z tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. Bugun, 29 aprel, chorshanba kuni Ispaniya klubi ushbu bosqichning dastlabki o‘yinida Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan tunda soat 00:00 da (30 aprelga o‘tar kechasi) start oladi.

«O‘yin yaqinlashgani sayin, xuddi o‘zing yoqtirgan qiz bilan birinchi uchrashuvga chiqqandek, qorningda «kapalaklar uchayotganini» his qilasan. Chigal yozdi mashg‘ulotlariga chiqqaningda esa, bularning barchasi o‘tib ketadi. Sen yarimfinalda ishtirok etayotganingdan zavqlanib o‘ynaysan. Biz ushbu o‘yinga katta quvonch bilan yondashmoqdamiz», — deya Kokening so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» 1/4 final bosqichida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Barselona»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting