Koke klublar o‘rtasidagi JCHdagi ishtirok haqida: \"Maqsadimiz aniq — chempion bo‘lish\"
Photo: Getty Images
Madridning “Atletiko” yarim himoyachisi Koke klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi maqsadlari haqida to‘xtaldi.
“Men bu turnirdan mamnunman. Biz bu yerda bo‘lish uchun yillar davomida mehnat qildik, kurashdik, harakat qildik. Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibiga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi. Ammo biz katta jamoalarga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozona olishimizni ko‘rsatdik. Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga intilamiz. Maqsadimiz — faqat g‘alaba qozonish hisoblanadi”, — deydi Koke.
Ma’lumot o‘rnida, “Atletiko” musobaqaning B guruhidan joy olgan. Madridliklar ushbu guruhda “PSJ”, “Botafogo” va “Sietl” raqobat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist