locale OZ

KO'JCH. \"PSJ\" osonlikcha \"Inter Mayami\"ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KO'JCH. "PSJ" osonlikcha "Inter Mayami"ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi
Photo: Getty Images

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalining yana bir uchrashuvi yakunlandi.

“PSJ” klubi “Inter Mayami”ni qabul qilib, 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.

Parijliklar birinchi bo'limning o'zidayoq barcha masalani hal qilishdi. O'yinning 6-daqiqasida Joau Nevesh hisobni ochdi. 39-daqiqada Nevesh ikkinchi golni urdi. 44-daqiqada Tomas Aviles avtogol muallifiga aylandi. 45+3-daqiqada esa Ashraf Hakimi yakuniy nuqtani qo'ydi.

Shu tariqa, “PSJ” chorak finalga yo'llanma oldi.

KO'JCH. 1/8 final

“PSJ” 4:0 “Inter Mayami”

Gollar: Nevesh 6, 39, Aviles 44 (avtogol), Hakimi 45+3

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting