locale OZ

KO‘JCh ishtirokchilari soni 48 taga yetkazilishi mumkin — FIFA

Turnirning amaldagi chempioni “Chelsi” hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KO‘JCh ishtirokchilari soni 48 taga yetkazilishi mumkin — FIFA
FOTO: Getty Images

FIFA 2029-yilda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari sonini amaldagi 32 tadan 48 tagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday qaror turnirning tijoriy muvaffaqiyati hamda musobaqada ishtirok eta olmagan qator yirik Yevropa klublarining murojaatlaridan so‘ng muhokama qilinmoqda. Ishtirokchilar sonining ko‘paytirilishi ko‘proq kuchli jamoalarga turnirda qatnashish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda.

Shuningdek, yangi format doirasida bir mamlakatdan ishtirok etadigan klublar soniga oid cheklovlarni yumshatish masalasi ham muhokama qilinmoqda. Hozircha FIFA tomonidan ushbu o‘zgarishlar yuzasidan yakuniy qaror rasman e'lon qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting