locale OZ

KO'JCH. \"Chelsi\" Pedroning dubliga ko'ra \"Fluminense\"ni mag'lub etdi va finalga chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KO'JCH. "Chelsi" Pedroning dubliga ko'ra "Fluminense"ni mag'lub etdi va finalga chiqdi
Photo: Getty Images

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining dastlabki finalchisi aniq bo'ldi.

"Chelsi" yarim final dastlabki o'yinida "Fluminense"ni mag'lub etdi – 2:0.

O'yinda "aristokratlar"ning yangi transferi Joao Pedro 18 va 56-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirdi. “Brayton”dan sotib olingan braziliyalik futbolchi “Fluminense” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan

"Chelsi" finalda "Real" – "PSJ" uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi. Bahs 13 iyul kuniga belgilangan.

KO'JCH. Yarim final
Fluminense” (Braziliya) 0:2 “Chelsi” (Angliya)
Gollar: Joao Pedro (18, 56).

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting