locale OZ

KO'JCH. \"Benfika\" \"Bavariya\"ni mag'lub etib, guruhni peshqadam sifatida yakunladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KO'JCH. "Benfika" "Bavariya"ni mag'lub etib, guruhni peshqadam sifatida yakunladi
Photo: Getty Images

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining “S” guruhi doirasida 3-tur o'yinlari davom etmoqda.

Guruh yetakchilari “Benfika" va “Bavariya” jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Bahs Sharlottada bo'lib o'tdi.

Kutilmaganda bellashuv 1:0 hisobida portugaliyalik futbolchilarning g'alabasi bilan yakun topdi. Uchrashuvdagi yagona gol 13-daqiqada Andreas Shelderup tomonidan kiritildi.

Natijada “Benfika” 3 o'yindan so'ng 7 ochko to'plagan holda guruhni peshqadam sifatida yakunladi. “Bavariya” esa 4 ochko bilan 2-pog'onani egalladi. Bu jamoalar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

KO'JCH. 3-tur

“Benfika” 1:0 “Bavariya”

Gol: Andreas Shelderup 13.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting