locale OZ

Kodi Gakponing oilasida og‘ir judolikka uchradi

Futbolchining tug'ilmagan farzandi nobud bo'lgan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Kodi Gakponing oilasida og‘ir judolikka uchradi
Foto: Getty Images

“Liverpul” va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Kodi Gakponing sevgilisi Noa van der Bey oilasida yuz bergan og‘ir yo‘qotish haqida ma’lum qildi.

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali homiladorlik vaqtida farzandini yo‘qotganini bildirdi. Noa van der Bey ushbu xabarni chuqur qayg‘u bilan e’lon qilib, yaqinlari va muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uning ma’lum qilishicha, farzandga Elayja Rafael Gakpo deb ism qo‘yilgan. Noa o‘z xabarida farzandi doimo ularning qalbida qolishini ta’kidlagan.

Shuningdek, u voqeadan so‘ng oilasi bilan cherkovga borib, sham yoqqanini aytgan. Keyin ular o‘g‘li Samuel bilan cherkov maydonchasiga chiqqan. U yerda uchratgan bolaning ismi ham Elayja bo‘lgani oilaga ramziy tasalli bergan.

Mazkur xabar futbol jamoatchiligi va muxlislar orasida hamdardlik bilan kutib olindi. Ko‘plab foydalanuvchilar Kodi Gakpo va uning oilasiga sabr tilab, ularga qo‘llab-quvvatlov bildirmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting