locale OZ

Kobel “Chelsi” qiziqish bildirayotganiga qaramay, “Borussiya D”da qolishga qaror qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kobel “Chelsi” qiziqish bildirayotganiga qaramay, “Borussiya D”da qolishga qaror qildi
FОТО: Getty Images

Shvetsariya terma jamoasi va Dortmundning “Borussiya” klubi darvozaboni Gregor Kobel hozircha jamoasini o'zgartirmaydi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Kobelga “Chelsi” qiziqish bildirayotgan edi, ammo futbolchi bor e'tiborini klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qaratmoqda.

Golkiper transfer masalalari bilan chalg'ishni istamaydi. U 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lmoqchi.

Ma'lumot uchun, Kobel o'tgan mavsum 47 ta o'yinda maydonga tushib, 67 ta gol o'tkazib yubordi va 12 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting