locale OZ

Kobbi Maynu «MYU»da qoladi — Romano

Avvalroq futbolchi mankunianliklar safini tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kobbi Maynu «MYU»da qoladi — Romano
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Kobbi Maynu matbuotda uning klubni tark etish istagi borligi haqidagi xabarlarga qaramay, mankunianliklar safida faoliyatini davom ettiradi. Futbolchiga jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik ta’sir o‘tkazgan. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz futbolchisi ijara asosida boshqa jamoaga o‘tish variantini ko‘rib chiqqan, biroq «MYU»ning yangi bosh murabbiyi tomonidan bildirilgan ishonchdan so‘ng qarorini o‘zgartirgan. Maynu joriy mavsumda ilk bor APL uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu Kerrik uchun ham murabbiy sifatidagi debyut o‘yin bo‘lib, unda «qizil iblislar» «Manchester Siti»ni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Umuman olganda, joriy mavsumda Kobbi Maynu barcha musobaqalarda «Manchester Yunayted» safida 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. APLda 22 turdan so‘ng «qizil iblislar» 35 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting