locale OZ

Klyuvert transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi

Endilikda futbolchi olti oy davomida avtomobil boshqara olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klyuvert transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi
FOTO: Getty Images

26 yoshli niderlandiyalik futbolchi Jastin Klyuvert Angliyada transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, «Bornmut» forvardi soʻnggi oy ichida ikki marta tezlikni oshirgani uchun politsiya tomonidan toʻxtatilgan. Bungacha esa Klyuvert Yevropada oʻynagan davrida toʻqqiz marta jarimaga tortilgani aniqlangan.

Endilikda futbolchi olti oy davomida avtomobil boshqara olmaydi. Shuningdek, u jarima va sud xarajatlarini toʻlashi kerak boʻladi. Hujumchining advokati Veymutdagi mahalliy sudda Klyuvert oʻz aybini tan olganini va jazoni qabul qilganini maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun, Klyuvert joriy mavsum «Bornmut» safida jami 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting