locale OZ

Klublardan daraklar | «Zarafshon» PFC rasman tashkil etildi

Navoiy viloyatida “Zarafshon” professional futzal klubi (PFC) tashkil etilib, Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
 Klublardan daraklar | «Zarafshon» PFC rasman tashkil etildi
photo: UFF

Navoiy viloyatida “Zarafshon” professional futzal klubi (PFC) tashkil etilib, Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yangi tashkil etilgan klubning rahbariyati ham tasdiqlandi:
Klub prezidenti — Jamshid Xo‘jayev
Ijrochi direktor — Ravshan Ibragimov
Bosh murabbiy — Abdulla Bo‘riyev
Bosh homiy — Ulug‘bek Fayziyev, ZGG asoschisi

ZGG — “Zarafshan Golden Group” kompaniyasi “Zarafshon” PFCning bosh homiysi sifatida klub bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur hamkorlik Navoiy viloyatining bosh jamoasi Oliy liga ishtirokchilari orasida munosib o‘rin egallashi hamda yuqori maqsadlar sari intilishiga xizmat qilishiga ishonamiz.

Ayni paytda “Zarafshon” PFC yangi mavsumga Navoiy shahrida puxta hozirlik ko‘rmoqda. Futzalchilarning kayfiyati a’lo, mashg‘ulotlar esa ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Zarafshon” PFC Oliy liganing 1-turida “Nurafshon”, “Maksam-Chirchiq” hamda SQB jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.

Hamjihatlik va ishonch — yangi marralar va yangi g‘alabalar garovi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting