Klublardan daraklar | «Xorazm» o‘rtoqlik uchrashuvida «Samarqand»dan ustun keldi
Mamlakat milliy chempionati — Oliy liga 1-tur uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Xorazm” va “Samarqand” jamoalari Jizzax shahrida nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Qiziqarli, murosasiz hamda gollarga boy kechgan bahsda Liga debyutanti “Xorazm” g‘alaba qozondi.
Uchrashuv davomida jamoalar teng kurash olib bordi. Birinchi bo‘limda har ikki tomon taktik jihatdan puxta o‘yin namoyish etgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berildi.
“Samarqand” bosh murabbiyi Dilshod Haydarqulov:
“Nazorat uchrashuvi bo‘lgani uchun tarkibimizdagi barcha o‘yinchilarga imkoniyat berib, ularni sinovdan o‘tkazdik. Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, futzalchilarimizning harakatlaridan qoniqdim. Bizda o‘yindan o‘yinga o‘sish kuzatilmoqda. Ayniqsa, yosh va iqtidorli futzalchilarning o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilgani menga yoqdi.
Nazorat uchrashuvi
Xorazm — Samarqand 6:5
Jizzax shahri
23.08.2026
Gollar: Muzaffar Ahadjonov, Gustavo Machado, Henrique Soares, Ashurbek To‘lqinov, G‘iyosbek Qo‘shnazarov, Ilin Daniil — Alirizo Husainov (2 ta), Mehroj Yunusov, Daler Eshonqulov, Mirjahon Vafoyev.