locale OZ

Klublardan daraklar | «Xorazm» nazorat uchrashuvida «Lochin»ni mag‘lub etdi

XXX milliy chempionatga tayyorgarlik ko‘rayotgan Oliy liga jamoalari yangi mavsum oldidan o‘yin amaliyotiga alohida e’tibor qaratmoqda.
 Klublardan daraklar | «Xorazm» nazorat uchrashuvida «Lochin»ni mag‘lub etdi
photo: UFF

Toshkentdagi «Yunusobod» sport majmuasida Oliy liga debyutanti «Xorazm» yangi tashkil etilgan «Lochin» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsda urganchliklar ishonchli g‘alabaga erishdi – 3:0.

«Xorazm» safida gollarga Soares Henrique (2 ta) va Bobir Razzoqberganov mualliflik qildi.

Mazkur uchrashuv «Xorazm» uchun mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi to‘rtinchi nazorat bahsi bo‘ldi. Ahad Yusupov shogirdlari esa ilk bor nazorat uchrashuvida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida «Xorazm»ning o‘yin amaliyoti va jamoaviy harakatlari ancha shakllanganligi ko‘zga tashlandi. «Lochin» tarkibida esa yangi futzalchilar ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, namanganliklar safiga Eron Islom Respublikasidan bir qator legioner futzalchilar kelib qo‘shilgan. Ular sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, klub bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Jamoalar uchun yangi mavsum oldidan bunday nazorat uchrashuvlari tarkibni shakllantirish va optimal o‘yin uslubini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting