locale OZ

Klublardan daraklar | «Sayxun» tarkibini braziliyalik legioner bilan kuchaytirdi

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Oliy liga debyutanti — Gulistonning «Sayxun» jamoasi tarkibiga navbatdagi yangi futbolchini qo‘shib oldi.
Klublardan daraklar | «Sayxun» tarkibini braziliyalik legioner bilan kuchaytirdi
photo: UFF

Washington Luiz Fernandez — «Sayxun» futbolchisi!

25 yoshli braziliyalik universal futzalchi Sirdaryo viloyati klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Kecha Washington Luiz Fernandezni Toshkent xalqaro aeroportida «Sayxun» bosh murabbiyi Artur Yunusov hamda yordamchi murabbiy Jabbor Kuliyev kutib olishdi.

Ma’lumot uchun: Washington Luiz so‘nggi 4 mavsum davomida Slovakiyaning «Lucenec» jamoasi safida to‘p tepgan.

Endilikda braziliyalik legionerning mahorati va tajribasi «Sayxun»ning Oliy ligadagi debyut mavsumida jamoaga yordam berishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting