locale OZ

Klublardan daraklar | «Samarqand» tarkibi legionerlar bilan kuchaydi

Mavsumning 2-turiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Samarqand» professional futzal klubi safiga ikki nafar xorijlik futzalchi kelib qo‘shildi.
Klublardan daraklar | «Samarqand» tarkibi legionerlar bilan kuchaydi
photo: UFF

🇮🇷🇧🇷 Jamoa bilan yangi mavsum arafasida kelishuvga erishgan bir nafar eronlik va bir nafar braziliyalik legioner II tur boshlanishiga bir hafta qolganida Samarqand klubi ixtiyoriga yetib keldi.

Har ikki futzalchi ham universal bo‘lib, jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishi kutilmoqda.

Mehrdad Hatefi Fard 🇮🇷
22 yoshli futzalchi 2004-yil 23-oktabrda tavallud topgan. U Eron futzal Superligasining «Farsh Ara Mashhad» klubi safidagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish.

Sousa Araujo Antonio Lucas 🇧🇷
28 yoshli braziliyalik futzalchi 1998-yil 31-oktabrda tug‘ilgan. Hujumchi ampluasida harakat qiladigan futbolchi Braziliya birinchiligining qator jamoalari sharafini himoya qilgan.

Legionerlarga «Samarqand» safidagi yangi mavsumda omad, muvaffaqiyat va yorqin o‘yinlar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting