locale OZ

Klublardan daraklar | “Nurafshon” va “Zarafshon” nazorat uchrashuvida kuch sinashdi

Qiziqarli va gollarga boy kechgan bahsda mezbonlar 8:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Klublardan daraklar | “Nurafshon” va “Zarafshon” nazorat uchrashuvida kuch sinashdi
photo: UFF

Klublardan daraklar | “Nurafshon” va “Zarafshon” nazorat uchrashuvida kuch sinashdi

Mamlakat XXX milliy chempionati — Oliy liganing 3-tur bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan voha jamoalari — “Nurafshon” va “Zarafshon” Buxoro shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan bahsda mezbonlar 8:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Buxoroliklar safida Ali Reza Sheyxlar ikkita, Shohjahon Shonazarov, Doniyor Sotvoldiyev, Mamasharif Halimov, Doniyor Saidov, Feruz Faxriddinov hamda Mohsin Lotfi bittadan gol muallifi bo‘ldi.

“Zarafshon” jamoasi tarkibida esa Bahmani Najad Nima ikkita, Shoxruh Shokarimov va Alayor Sodiqov bittadan gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy liganing 3-tur uchrashuvlari 22–27-oktyabr kunlari Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting