Klublardan daraklar | Mavsumoldi nazorat uchrashuvlari davom etmoqda
Klublardan daraklar | Mavsumoldi nazorat uchrashuvlari davom etmoqda
Kecha Toshkent shahrida yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan “Xorazm” PFC va Navoiy viloyatining “Zarafshon” PFC jamoalari nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
Keskin va gollarga boy kechgan bahsda urganchliklar 5:4 hisobida zafar quchishdi.
“Xorazm” safida Daniil Ilin, Ashirbek To‘qinov, Behruz Samiyev, Muzaffar Ahadjonov va Enrique Souza gol urgan bo‘lsa, “Zarafshon”ning gollariga Bekzod Jumaboyev, Muhammadbobur Raxmonberdiyev va Botir Rizayev mualliflik qilishdi. Yana bir golni esa “Xorazm” futzalchisi o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Nazorat uchrashuvlari — yangi mavsum oldidan muhim sinov. Bunday bahslarda murabbiylar tarkib va taktikalarni sinovdan o‘tkazib, jamoaning kuchli va muammoli jihatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish ustida ishlashmoqda.
Oliy liga klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda!