locale OZ

Klublar o‘rtasidagi JCH. \"Inter\" 90+2-daqiqada gol urib, \"Urawa\"ni mag‘lub etdi

Kivu milanliklar ustozi sifatida birinchi g‘alabasiga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klublar o‘rtasidagi JCH. "Inter" 90+2-daqiqada gol urib, "Urawa"ni mag‘lub etdi
Photo: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2-tur o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda.

“E” guruhida ishtirok etayotgan “Inter” klubi Yaponiyaning “Urawa Reds” jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

78-daqiqagacha milanliklar hisobda ortda borishdi. Argentinalik hujumchi Lautaro Martines muvozanatni tikladi. 90+2-daqiqada Karboni g‘alaba to‘pigiga mualliflik qildi.

Natijada “Inter” ochkolari soni 4 taga yetdi, “Urawa Reds” hisobida esa birorta ham ochko yo‘q.

KJCH. 2-tur. E guruhi
“Inter” 2:1 “Urawa Reds”
Gollar: Martines 78, Karboni 90+2 - Watanabe 11

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting