locale OZ

Klublar o'rtasidagi JCh. Guruh bosqichi yakunlariga ko'ra kim qancha daromad qildi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klublar o'rtasidagi JCh. Guruh bosqichi yakunlariga ko'ra kim qancha daromad qildi?
FOTO: Getty Images

“Real Madrid” Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichida qatnashgani uchun eng yuqori daromad oldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar”ga 32,8 million yevro to'langan. Qo'shimcha to'lovlarni, xususan, musobaqaning pley-off bosqichiga chiqqanini hisobga olsak, ispan grandi 43,55 million yevro ishlab oldi.

Ikkinchi o'rinni “Manchester Siti” egallab turibdi. “Shaharliklar”ning daromadi qo'shimcha to'lovlarni hisobga olganda 42,51 million yevroni tashkil etmoqda.

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha kuchli uchlikni Myunxenning “Bavariya” klubi yakunlab turibdi. Umumiy hisobda nemis grandi 37,69 million yevro ishlab topdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting