locale OZ

Klublar o'rtasidagi JCH-2029 o'tkazilishi xavf ostida

Musobaqaga mezbonlik qiladigan mamlakat ham hozircha aniqlanmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klublar o'rtasidagi JCH-2029 o'tkazilishi xavf ostida
ФОТО: Getty images

2029 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionati bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, musobaqa taqdiri hozircha noaniq bo'lib turibdi. Bunga FIFAning Yevropaning yetakchi klublari bilan turnirda ishtirok etish bo'yicha hali ham kelishuvga erisha olmagani sabab bo'lgan.

Qayd etilishicha, musobaqaga mezbonlik qiladigan mamlakat ham hozircha aniqlanmagan. Turnirni qabul qilish istagini Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Germaniya, Meksika va Angliya bildirgan. Biroq asosiy da'vogarlar sifatida Qatar hamda AQSH ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi so'nggi jahon chempionati 2025 yil 14 iyundan 13 iyulgacha AQSHda bo'lib o'tgan va unda 32 ta jamoa ishtirok etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting