locale OZ

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi qancha pul mukofotiga ega bo‘ladi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi qancha pul mukofotiga ega bo‘ladi?
Photo: Getty Images

15 iyun kuni AQSH maydonlarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari start oladi.

Turnirning mukofot jamg‘armasi 1 milliard dollarni tashkil etadi. G‘olib 125 mln dollarga ega bo‘ladi. Guruh bosqichida klublar har bir g‘alaba uchun 2 million dollar, durang uchun esa 1 million dollar oladi.

1/8 finalga chiqqan ishtirokchilar 7,5 million dollar, chorak finalga yetganlar 13,125 million dollar, yarim finalga 21 million, finalga 30 mln dollar egasiga aylanadi. Final g‘olibi yana 40 mln dollar bilan taqdirlanadi.

Har bir Yevropa klubi sport va tijorat mezonlariga qarab 12,81 mln dollardan 38,19 mln dollargacha daromad olishi kafolatlangan.

Janubiy Amerikadagi har bir jamoaga 15,21 million dollar, Shimoliy va Markaziy Amerikaga 9,55 million dollar, Afrikaga 9,55 mln dollar va Okeaniyaga 3,58 mln dollar kafolatlangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting