locale OZ

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. “Borussiya Dortmund” gollar shousida g‘alaba qozondi

Mazkur o‘yinda 7 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. “Borussiya Dortmund” gollar shousida g‘alaba qozondi
Photo: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

F guruhidan o‘rin olgan bahsda Janubiy Afrikaning “Mamelodi Sundowns” jamoasi Germaniyaning “Borussiya Dortmund”iga qarshi maydonga tushdi.

Gollarga boy tarzda kechgan bahsda nemis klubi 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Job Bellingem klub safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Borussiya" 2 turdan so‘ng 4 ochko bilan F guruhida peshqadamlik qilmoqda. "Mamelodi Sundowns" esa 3 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati

2-tur

“F” guruhi

“Mamelodi Sundowns” — “Borussiya Dortmund” 3:4

Gollar: 11′ Ribeiro, 62′ Reiners, 90′ Motiba - 16′ Nmecha, 34′ Girassi, 45′ Bellingem, 59′ Mudau (avtogol).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting