locale OZ

Klub hisobchi va litsenziyalash menejeri uchun seminar o‘tkazildi 05.02.2026 PFL

Seminar davomida ishtirokchilarga klublarni litsenziyalash jarayonidagi yangiliklar va kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klub hisobchi va litsenziyalash menejeri uchun seminar o‘tkazildi 05.02.2026 PFL
photo: PFL

Bugun Bunyodkor stadioni anjumanlar zalida futbol klublarining hisobchi hamda litsenziyalash menejerlari uchun yangi Litsenziyalash mavsumi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirni Professional Futbol Ligasi Litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Jalolxon Inog‘omxo‘jayev olib bordi.

Seminar davomida ishtirokchilarga klublarni litsenziyalash jarayonidagi yangiliklar va kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan yaqin yillarda litsenziyalash jarayoniga joriy etilishi kutilayotgan yangi talab va bandlarga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishda klublarning mavjud imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

Ushbu tadbir mutaxassislar uchun muhim axborot va amaliy tavsiyalar manbai bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting