locale OZ

Kloppning agenti: «Mish-mishlarga asoslangan savollarga javob berishning hojati yoʻq»

Mark Kosike mijozining «Real»ga oʻtishi mumkinligi haqidagi gap-soʻzlarga izoh berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kloppning agenti: «Mish-mishlarga asoslangan savollarga javob berishning hojati yoʻq»
FOTO: Getty Images

Germaniyalik taniqli murabbiy Yurgen Kloppning agenti Mark Kosike mijozining Madridning «Real» klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida tarqalgan xabarlarga rasman izoh berdi.

«Mish-mishlarga asoslangan savollarga javob berishning hojati yo‘q. Hozirgi vaqtda hech kim biz bilan bog‘lanmadi. Yurgen Klopp o‘zining «Red Bull»dagi hozirgi lavozimidan juda mamnun. «Real» bosh murabbiyi lavozimi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqidagi barcha gap-so‘zlar ayni damda shunchaki mish-mishlardan iborat», — deya agentning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Avvalroq OAVda «Qirollik klubi» rahbariyati nemis mutaxassisiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shuningdek, matbuotda Kloppning kelajagi Madridning boshqa bir klubi — «Atletiko» bilan ham bog‘lanib kelinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting