locale OZ

Klopp “Real”ni boshqarmaydi. Klub boshqa nomzodni ilgari surmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klopp “Real”ni boshqarmaydi. Klub boshqa nomzodni ilgari surmoqda
Photo: Getty Images

Madridning “Real” klubi Yurgen Kloppni bosh murabbiy etib tayinlashni rejalashtirmayapti. Bu haqda GivemeSport xabar berdi.

Oldinroq Madrid klubi "Liverpul"ning sobiq ustoz bilan klubda ishlash borasida bog'langanligi haqida xabar berilgandi.

Madridlilar Anchelotti bilan bog'liq vaziyatdan so'ng Kloppning yozgi rejalari haqida bilish uchun nemis bilan ikki marta bog'langanligi da'vo qilingan. Yurgen hozirda “Red Bull”da futbol operatsiyalari bo'limi boshlig'i lavozimida ishlaydi.

Karlo Anchelotti klublar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan Madrid klubi bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi. Anchelotti ketsa, "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso asosiy nomzod bo'lib qoladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting