locale OZ

Klopp «Real» rejalarida yoʻq, uni jamoaga taklif qilish rejalashtirilmagan — manba

Avvalroq madridliklar nemis mutaxassisi nomzodini ilgari surayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klopp «Real» rejalarida yoʻq, uni jamoaga taklif qilish rejalashtirilmagan — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppni jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga tayinlash variantini ko‘rib chiqmayapti. Avvalroq, The Athletic nashri «qaymoqranglilar» rahbariyati «Liverpul» sobiq murabbiyi nomzodini yuqori baholayotgani haqida xabar bergan edi.

«Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yurgen Klopp — imkonsiz variant. Hozirda Kloppning kelishidan hayajonda bo‘lganlar buni unuta qolishsin. Uning «Real»ga o‘tishi kutilmayapti. Balki u barchangizga juda yoqar, u ajoyib murabbiy, lekin «Real» rahbariyati rejalariga kirmaydi. Uni taklif qilish rejalashtirilmagan», — dedi jurnalist Xosep Pedrerol.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyidan buyon Alvaro Arbeloa «qirollik klubi» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting