Klopp «Liverpul»ga qaytishini inkor etmadi
Germaniyalik mutaxassis 2015 yildan 2024 yilga qadar mersisaydliklarni boshqargandi.
FOTO: Getty Images
«Liverpul» klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp mersisaydliklar boshqaruviga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
«Men hech qachon Angliyadagi boshqa jamoani boshqarmasligimni aytganman. Demak, agar qaytsam, bu faqat «Liverpul» boʻladi. Nazariy jihatdan bu imkoniyat mavjud», — dedi Klopp.
Eslatib oʻtamiz, germaniyalik mutaxassis 2015 yildan 2024 yilga qadar «Liverpul»ni boshqargan. Uning qoʻl ostida mersisaydliklar 2019/2020 yilgi mavsumda APL, 2019 yilda esa Chempionlar ligasiga gʻalaba qozongan.
Joriy mavsumda «Liverpul» APL turnir jadvalida 8-turdan soʻng 15 ochko jamgʻargan holda 4-o‘rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist