Klopp klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tanqid qildi
Photo: Getty Images
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp AQShda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi JChning yangi formatini tanqid qildi.
"Futboldagi eng yomon g'oyalardan biri. Futbolchilar nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham to‘liq tiklana olishmayapti. Kelasi mavsumda mislsiz jarohatlar ko‘payishidan xavotirdaman.
Dam olish ham kerak. Aks holda hech kim yuqori darajada va uzoq muddat mehnat qila olmaydi. Shu orqali mahsulot ham o‘z qadrini yo‘qotadi", — dedi Klopp.
Avvalroq “Barselona” hujumchisi Rafinya ham turnirni tanqid ostiga olgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist