locale OZ

Klopp Germaniya terma jamoasida katta vakolatlarga ega bo‘lishi mumkin

Germaniya terma jamoasida katta o‘zgarishlar kutilmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Klopp Germaniya terma jamoasida katta vakolatlarga ega bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

Sports xabariga ko‘ra, Yurgen Klopp milliy jamoa bosh murabbiyiga aylansa, unga jiddiy vakolatlar berilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Kloppga jamoa ishini tubdan o‘zgartirish va qayta qurish imkoniyati taqdim etiladi. Shuningdek, u o‘z murabbiylar shtabini ham shakllantira oladi.

Kutilishicha, Klopp bilan birga uning uzoq yillik yordamchisi Peter Kravits ham terma jamoaga kelishi mumkin. Pep Leynders va Jolt Lyov ham ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Germaniya futbol ittifoqi Klopp orqali terma jamoaning umumiy o‘yin uslubi, tizimi va yosh futbolchilarni rivojlantirish masalalarini qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Rudi Fellerning kelajagi esa hozircha to‘liq aniq emas. Shu bilan birga, DFBda Feller — Klopp tandemi kamida Yevro-2028gacha samarali ishlashi mumkin deb hisoblanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting