locale OZ

Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanmoqda – manba

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanmoqda – manba
ФОТО: Getty images

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya futbol ittifoqi (DFB) bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi va yaqin vaqt ichida mamlakat milliy terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi va Marokash, Portugaliya hamda Ispaniya mezbonlik qiladigan 2030 yilgi Jahon chempionatini ham o‘z ichiga oladi.

Kloppning tayinlanishi Yulian Nagelsmannning Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Paragvayga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng iste’foga chiqish qarori ortidan amalga oshirilmoqda.

Xabar qilinishicha, DFB rahbariyati, Klopp va uning agenti o‘rtasidagi muzokaralarning yakuniy bosqichi juma va shanba kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting