locale OZ

Klaudio Ranieri «Roma»ni tark etdi

U bosh murabbiy bilan kelisha olmay qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klaudio Ranieri "Roma"ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Italiyalik mutaxassis Klaudio Ranieri "Roma" maslahatchisi lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Italiya OAV xabar berishicha, 74 yoshli Ranieri jamoa bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli "bo'rilar"ni tark etishga qaror qilgan.

"Klub Klaudioga 'Roma' rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi. U jamoani juda qiyin davrda boshqargan va biz uning sa'y-harakatlaridan doimo minnatdormiz", — deyiladi rimliklar bayonotida.

Ma'lumot uchun, "Roma" Italiya chempionatining 33-turidan so‘ng 58 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting